Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi samarali muloqot tufayli O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur’at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini davlatimiz rahbari katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Dmitriy Kozak O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muhokama qilish
Mavzuga oid boshqa xabarlar:
«Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas» - Mirziyoyev Xorazm yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi
14 декабрь 2020, Понедельник
Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda
14 декабрь 2020, Понедельник
O'zbekiston Respublikasining qonunlari va kodekslari
07 декабрь 2020, Понедельник
Bularni ham o'qing:
04 декабрь 2020, Пятница
O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi
04 декабрь 2020, Пятница
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi
Izohlar (0)













